Huawei 1
Eron prezidenti ilk xorijiy tashrif bilan Iroqqa bordi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian ilk xorijiy tashrifini Iroqqa amalga oshirdi

Iroq bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Eron prezidentini Bag‘dod xalqaro aeroportida Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy kutib oldi.

Sudaniy Eron prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya bilan keng qamrovli muzokaralar o'tkazadi.

Davlat rahbarlari soliq hamkorligi, qishloq xoʻjaligi, tabiiy resurslar, kommunikatsiyalar, ijtimoiy himoya, yoshlar va sport, taʼlim, turizm, madaniyat, tarixiy meros, kasb-hunar taʼlimi va rivojlantirish sohalarida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimida ishtirok etadi.

Pezeshkian, shuningdek, Iroq prezidenti Abdul Latif Rashid, parlament spikeri vazifasini bajaruvchi Muhsin Mendelavi va bir qator rasmiylar bilan ham uchrashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты