Huawei 1
Buxoroda 20,4 million so‘mlik sifatsiz sut va sut mahsulotlari aniqlandi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbiri mobaynida “A.M” oilaviy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 20,4 million so‘mlik smetana va kefir mahsulotlari sifatsizligi aniqlandi.

“A.M” oilaviy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan smetana va kefir mahsulotlari sifatini amaldagi texnik reglamentlar va standartlar talablariga mos kelishini tekshirib ko‘rilganda laboratoriyasi natijasiga asosan sifatsizligi aniqlandi.

Nazorat tadbiri yakuniga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 7-bob 46-moddasiga asosan 10,2 million  so‘mlik jarima qo‘llanildi.

Nomuvofiqligi aniqlangan (sifatsiz, iste’molga yaroqsiz) smetana va kefir mahsulotlarini realizatsiya qilinishini taqiqlash, savdodan chiqarish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilish yuzasidan yozma ko‘rsatma yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты