Hukumat qarori bilan “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tugatilmoqda.
Tashkilotning mavjud qarzdorliklari esa Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 2024-yilda favvoralarni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Toshkent shahridagi mavjud 43 ta favvora esa davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlandi hamda ularning rahbarlari favvoralarning moddiy-texnik holatini yaxshilash, benuqson ishlashi uchun shaxsan javobgar etib belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты