Eronda havo harorati +81 bo‘lgani aytildi. Bu rostmi?

OAVda «Eronning Keshm orolida havo harorati +81 darajagacha ko‘tarildi»  degan ma’lumotlar va rasmlar tarqaldi. Meteorolog Erkin Abdulahatovga ko‘ra, bu ma’lumot haqiqatga yaqin emas. 

"Bu havo harorati emas, issiqlik indeks qiymati. Dunyoda eng yuqori rekord darajadagi issiq havo harorati AQShning Ajal vodiysida kuzatilgan va u +56,7 darajagacha ko‘tarilgan. Hozircha bu rekord yangilanmadi", deya yozadi mutaxassis.

Issiqlik indeksi - bu havo harorati va havo nisbiy namlik qiymatlari asosida havo haroratini his qilinishidir.

Namlik yuqori ko‘tarilgan sari plyusli havo haroratini inson tanasi his qilishi real havo haroratdan yuqoriroqdek tuyilaveradi.

Inson tanasi odatda terlash yoki teri ajratish orqali tanasini sovutib turadi. Bunda terning bug‘lanishi bilan tanadan issiqlikni chiqarib yuboradi. Quruq havoda bu hodisa faol kuzatiladi. Biroq, yuqori haroratda yuqoriroq nisbiy namlik ter bug‘lanish tezligini keskin kamaytiradi. Ter tanadan chiqib ketmaydi. Natijada, tana ichki issiqligini tashqariga chiqarish funksiyasi buziladi. Bu kishilarda haddan tashqari qizib ketish hissini keltirib chiqaradi.

Ammo, ushbu ta’sirlar sub’yektivdir. Hamma bu jarayonni har xil o‘tkazadi. Masalan, tana shaklidagi farqlar, metabolik farqlar, homiladorlik, menopauza, giyohvand moddalar ta’siridagi tana hissiyotni har xil qabul qildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты