Huawei 1
Eronlik xakerlar Bayden va Trampga “hujum qildi”

Eronning APT42 xakerlar guruhi (UNC788 va Mint Sandstorm nomi bilan ham tanilgan) bir qator G‘arb davlatlari va Isroildagi siyosatchilar, diplomatlar va jamoat arboblari, shuningdek, Eron va Falastin milliy ma’muriyatidagi inson huquqlari faollari bilan bog‘liq bir qancha WhatsApp profillarini o‘g‘irlashga urindi. Bu haqda messenjerga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 23-avgust, juma kuni ma’lum qildi

Xakerlarning ehtimoliy nishonlari orasida AQSh prezidenti Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp maʼmuriyatiga aloqador shaxslarning WhatsApp’dagi akkauntlari alohida koʻrsatilgan.

Meta xabariga ko‘ra, xakerlar fishing usulini qo‘llagan – ular o‘zlarini turli xizmatlar (Meta nashrida AOL, Google, Yahoo va Microsoft tilga olingan) texnik qo‘llab-quvvatlash xodimlari sifatida ko‘rsatishgan va ularni aldab, potensial qurbonning akkauntiga kirishga harakat qilishgan. 

Hujumga uchragan ba'zi odamlar ushbu shubhali xabarlar haqida WhatsApp texnik yordamiga xabar berishgan. Xakerlarning hujumlari muvaffaqiyatsiz tugadi, dedi Meta.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91307 | Инструменты