Huawei 1
Filippin va Yaponiya Xitoy tahdidiga qarshi turish uchun mudofaa pakti imzoladi

Yaponiya va Filippin rahbariyati vakillari 8-iyul kuni o‘zaro mudofaa pakti imzolagan. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga asoslanib, Reuters manbasi xabar berdi.

Ushbu shartnoma imzolanishiga Janubiy Xitoy dengizida keskinlik kuchayishi sabab bo‘lgan. Xitoyning mazkur dengizdagi orollar ustidan egalik qilish borasidagi daʼvolari va harbiy kemalari harakati uning atrofidagi ikki mamlakatni hamkorlik stoliga olib kelgan

Xitoy tahdidiga qarshi turishga intilgan ikki mamlakat o‘zaro mudofaa hamkorligini kuchaytirishga kelishib olgan. Endilikda Yaponiya va Filippindan biriga tashqi hujum bo‘lgan taqdirda u bilan ittifoqchi tomon urushga kirish majburiyatini oladi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava jangovar tayyorgarlikni va tabiiy tahdidlarga javob berish uchun texnika va qo‘shinlarning almashinuvini osonlashtiradigan paktni “muhim yutuq” deb atagan.

Bitim Osiyoda Yaponiya tomonidan imzolangan ushbu turdagi birinchi kelishuvdir. Tokiyo AQSH bilan hamkorlik doirasida Janubi-sharqiy Osiyo hukumatlari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatgan bo‘lsa-da, amaldagi harbiy va mudofaa paktlari imzolamagan edi.

Yaponiya ham, Filippin ham Amerika Qo‘shma Shtatlarining Osiyodagi eng yaqin ittifoqchilari hisoblanadi. Bu ikki mamlakatda Vashingtonning katta harbiy kontingenti saqlab turiladi. Endilikda Xitoyning dengizdagi chaqiriqlari kuchayishi ortidan ular bir doira atrofida to‘plana boshlagan

Xalqaro tribunal 2016-yilda Xitoyga Janubiy Xitoy dengizidagi orollar borasida nota jo‘natgan. Notada orollar ustidan Xitoy hukmronligi hech qanday qonuniy asosga ega emasligi aytiladi.

Pekin xalqaro sudning chaqirig‘ini rad etgan. Janubiy dengizdagi barcha orollarni o‘z taʼsir doirasida deb eʼlon qilgan va ular atrofida harbiy kemalar joylashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100615 | Инструменты