Filippinda vaksina qabul qilmaganlar qamaladi
Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte, COVID-19ga qarshi emlashdan voz kechadigan Filippinliklarni hibsga olish bilan tahdid qildi va agarda ular pandemiyani bartaraf etishda birga harakat qilishni istamasalar, mamlakatni tark etishlarini buyurdi.
O’zining qo’pol gapirishi va kezi kelganda jasurligi bilan mashhur bo’lgan Duterte, ushbu so’zlarni televideniyedagi nutqida ma’lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, u qishloq rahbarlariga “isyonkor aholi” ro'yxatini tuzishni buyurgan.
"Agar siz emlashni qabul qilmasangiz, men sizni hibsga olishalrini buyuraman", - deya ogohlantirdi prezident.
Inson huquqlari himoyachisi Dutertening bunday tahdidi noo’rin ekanini, chunki jinoyat sodir etmagan har qanday odamni hibsga olishni buyura olmasligini aytdi.
Shuningdek, Duterte va uning ma'muriyati emlash kampaniyasi bilan bog'liq tanqidlarga duch keldi.
Filippinda 1,3 millionta infeksiya va 23,749 ta o’lim holatlari qayd etilgan bo’lib, bu yer Osiyodagi COVID-19 dan eng ko’p zarar ko’rgan mintaqa sanaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты