Fransiya muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazishning iloji yo‘qligini e’lon qildi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ann-Kler Lejandr rossiyalik tadbirkorlarning mamlakatda muzlatib qo‘yilgan 1,3 milliard yevro miqdoridagi aktivlarini Ukrainaga o‘tkazishning iloji yo‘qligini aytdi. Bu haqda u LCI telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Ann-Kler Lejandr bu amaldagi qoidalarga zid ekanligini aytib, bloklangan mablag‘larni sud qarorisiz musodara qilib bo‘lmasligiga ishora qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berishning boshqa variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, departament matbuot kotibining qayd etishicha, Yevrokomissiya rossiyalik ishbilarmonlar mablag‘laridan Ukrainani tiklash uchun qay darajada foydalanish mumkinligini baholamoqda.

Avvalroq Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi doirasida Ukrainani tiklash uchun Moskvaning muzlatilgan aktivlarini topshirishni qonuniy deb hisoblagan edi. Shuningdek, u Yevropa assotsiatsiyasi Kremlga bosim o‘tkazishda davom etish niyatida ekanini ta’kidlagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты