Huawei 1
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon rafiqasini soxta ishga joylashtirgani uchun to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Parij apellyatsiya sudi 17 iyun, seshanba kuni shunday hukm chiqardi, shuningdek, uni 375 ming yevro jarimaga tortdi va besh yilga saylovlarda qatnashishni taqiqladi, deb xabar beradi AFP. Prokuratura siyosatchini o‘n yilga saylovda qatnashishni taqiqlashni so‘ragan.

Sudyalar Fiyon rafiqasi Penelopani yillar davomida parlament apparati xodimi bo‘lib ishlashga rasmiylashtirib qo‘yganini isbotladi, lekin u aslida ishlamagan. Bu 2017 yilda, prezidentlik saylovlaridan bir necha oy oldin ommaga ma’lum bo‘ldi, unda Fiyon eng yuqori davlat lavozimiga da’vogarlik qilgan, biroq yuzaga kelgan janjal natijasida u Emmanuel Makronga yutqazib qo‘ydi.

Fransua va Penelopa Fiyon 2022 yilda davlat mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblangan: sobiq bosh vazir to‘rt yil qamoq jazosiga hukm qilingan, shundan uch yili shartli ravishda, rafiqasi esa ikki yillik shartli jazo oldi. Bir yil avval Fransiyaning eng yuqori sud instansiyasi - Kassatsiya sudi ayblov hukmini o‘z kuchida qoldirgan, biroq ayni paytda Fiyonga nisbatan jazo chorasini qayta ko‘rib chiqishni buyurgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61819 | Инструменты