2012-yilda Suriyaning Xoms shahrini bombardimon qilish chog‘ida halok bo‘lgan amerikalik jurnalist Mari Kolvin va fransuz fotografi Remi Oklining o‘limi yuzasidan Suriyaning ag‘darilgan prezidenti va uning sheriklarini hibsga olishga order berildi.
Fransiya sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assad va uning olti hamkorini hibsga olishga xalqaro order berdi. Bu haqda 2-sentabr, seshanba kuni France 24 telekanali xabar berdi.
Buordlar 2012-yilda Suriyaning Xoms shahrini hukumat tomonidan bombardimon qilish chog‘ida halok bo‘lgan amerikalik jurnalist Mari Kolvin va fransuz fotografi Remi Oklining o‘limi bilan bog‘liq holda berilgan. Frantsiya hukumati bu zarbalarni insoniyatga qarshi jinoyat va urush jinoyati deb atadi.
Asaddan tashqari, Fransiya sudi Suriya armiyasining 4-zirhli diviziyasiga qo‘mondonlik qilgan uning ukasi Maher al-Assadni, shuningdek, Suriya razvedkasining sobiq rahbari Ali Mamluk va mamlakat qurolli kuchlari shtabining sobiq rahbari Ali Ayyubni hibsga olishga order bergan.
Suriyada hokimiyatni yo'qotgach, Asad Rossiyaga qochib ketdi
Bashar al-Asad 2000-2024-yillarda Suriya prezidenti lavozimida ishlagan.2011-yilda u hukumatga qarshi namoyishlarni kuch bilan bostirgan, shundan so‘ng mamlakatda fuqarolar urushi boshlangan. 2015 yildan beri Rossiya Asadga faol yordam bermoqda. Masalan, 2016 yilda Rossiya harbiy-havo kuchlari shaharni yirik bombardimonlarga uchragach, hukumat qo‘shinlari Halab shahrini Asad muxoliflaridan qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Xalqaro tashkilotlar Asad va uning sheriklarini bir necha bor inson huquqlarini buzish va urush jinoyatlarida, jumladan ommaviy qatllarda, kimyoviy qurol ishlatishda va tinch aholi manzillarini bombardimon qilishda ayblab keladi. 2023-yilda Fransiya sudi allaqachon Asadni kimyoviy qurol ishlatganlikda hibsga olishga order bergan edi.
2024-yil dekabrida Asad isyonchilar tomonidan ag‘darilgan va Damashqdan Moskvaga qochib ketgan. Suriyaning yangi hukumati Rossiyadan uni ekstraditsiya qilishni talab qildi. Putin uni ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90317 | Инструменты