G’arb mamlakatlari Xitoyga qarshi birlashmoqda

AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Kanada dushanba kuni, kelishgan holda, Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalarni joriy qildilar. Bu kabi uyushgan harakat AQSH prezidenti Jo Bayden davlat tepasiga kelganidan so’ng birinchi bor sodir bo’lmoqda. G’arb davlatlari Xitoyni Shinjonda inson huquqlarini buzganlikda ayblamoqdalar.

Pekin esa uzoq kutib o’tirmadi va darhol Yevropa Ittifoqiga qarshi, jumladan, bir qator Yevropa rasmiylari, diplomatlar, ularning oilalari va institutlarga qarshi choralarni e’lon qildi. Ushbu choralar doirasida yuqoridagi davlatlarga Xitoy bilan savdo qilish man etilmoqda.

Xitoyni mamlakatning shimoli-g'arbiy qismidagi lagerlarda uyg'ur musulmonlariga qarshi genotsidda ayblashmoqda. Xitoy barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61006 | Инструменты