Huawei 2
Garri Potter muqovasi 1,9 million dollarga sotildi

“Garri Potter va falsafa toshi” kitobining birinchi nashri uchun chizilgan muqova surati Sotheby’s auksion uyidagi kimoshdi savdosida 1,9 million dollarga sotildi. Bu haqda “Daily mail” xabar berdi.

“San’at asari auksionda sotilgan eng qimmat Garri Potter buyumiga aylanadi”, deyiladi Sotheby’s bayonotida. 

1997-yilda 23 yoshli Tomas Teylor tomonidan chizilgan asar 400 000 dan 600 000 dollargacha baholanishi kutilgan edi. Biroq u savdo yakunida 1,9 million dollarga (1,5 million funt) sotildi.

Kecha, 26 iyun kuni to‘rt tomonlama savdoni yakunlash uchun deyarli 10 daqiqa vaqt ketdi. Xaridorning shaxsi oshkor etilmadi.

Ma’lumot uchun, Teylor Angliyaning Kembrij shahridagi bolalar kitoblari do‘konida ishlayotganida Bloomsbury noshiri Barri Kanningem uni Joan Rouling kitobining tasvirini bo‘yash uchun chaqirdi. Unga 750 dan 800 dollargacha maosh to‘langan. Teylorning aytishicha, o‘sha paytda kitob muqovasi uchun bu odatiy hol edi, ayniqsa muallif ham, illyustrator ham taniqli emas edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63006 | Инструменты