Huawei 1
Germaniyada ukrainalik ayollarni o‘ldirgan er-xotin umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Manxaym (Baden-Vyurtemberg) sudi ukrainalik ayolni, uning onasini o‘ldirish va bolani o‘g‘irlashda ayblangan er-xotinni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Sud vakilining 10 fevral, dushanba kuni xabar berishicha, jinoyatning o‘ta og‘ir ekani aniqlangan, bu esa er-xotinning 15 yildan so‘ng qamoqdan shartli ravishda ozod etilishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tariqa sud prokuror talabini qondirdi, deb xabar berdi AFP.

Hukm ustidan shikoyat qilish mumkin, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi. Barcha tomonlar, jumladan, himoyachi ham umrbod qamoq jazosi berilishini talab qilishdi.

Ayblanuvchilar jinoyatga iqror bo‘ldi

Yanvar oyi boshida sud boshlanganda ayblanuvchilar o‘z advokatlari o‘qigan bayonotlarida jinoyatlarini tan olishgan. Er-xotin pushaymonlik bildirishdi.

Sud 45 yoshli ayol va 43 yoshli erkak 51 yoshli ukrainalik qochoq Marina Stetsenko va uning 27 yoshli qizi Margaritani uning besh haftalik chaqalog‘ini olish maqsadida o‘ldirganini aniqladi. Tergovning fikricha, jinoyatga er-xotinning farzand ko‘rish istagi sabab bo‘lgan.

Hozir qariyb o‘n bir oylik bo‘lgan qiz Ukrainada ish bo‘yicha da’vogar sifatida qatnashgan xolasi bilan yashayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21118 | Инструменты