Huawei 1
Hindiston hukumati "Dok-1 Maks" dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochdi

Hindiston hukumati "Dok-1 Maks" dorisini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshladi

Surishtiruv Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni lisenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilyapti.

Ular O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot so‘ragan.

Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun avval O‘zbekistonda tarkibida aynan mana shu zaharli modda bo'lgan "Dok-1 Maks" tabletka va sirop dori vositalarining savdosi to‘xtatildi. Sababi - 4 ta viloyatda ushbu siropdan 18 nafar bola vafot etgan.

Holat yuzasidan 27-dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan dorini O'zbekistonga import qilgan “Quramax medical” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev videomurojaat orqali "Dok-1 Maks" siropini ichish natijasida dunyodan ko‘z yumgan 18 nafar bolaning ota-onalari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Shu bilan birga, mazkur ishga aloqador bo‘lgan va xatolikka yo‘l qo‘ygan barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishi hamda hech kim bilan murosa qilinmasligini ta'kidladi.

Bugun, 29-dekabr kuni Qashqadaryoda yana bir chaqaloq “Dok-1 Max” dorisi qabul qilganligi sababli vafot etgani ma'lum bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120210 | Инструменты