Hindiston “Agni-V” ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

Hindiston turli o‘q-dorilar va yadroviy kallakni olib yurishga qodir “Agni V” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “India Today” xabar bermoqda.

Mamlakat Parlament ishlari vazirining aytishicha, uzoq masofali yadroviy raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi, bundan Nyu-Dehli Xitoy bilan chegaradagi keskinlik sharoitida mudofaa qobiliyatini oshirish maqsad qilingan. Raketa diapazoni deyarli butun Xitoy materikini qamrab olishi mumkin.

“Jarayon davomida raketada yangi texnologiyalar va uskunalar sinab ko‘rildi, endi u avvalgidan ancha yengil”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “Agni-V” qit’alararo ballistik raketasi payshanba kuni Odisha shtati sharqidagi Abdul Kalam orolidan uchirilgan.

“Raketa mudofaaga katta qiymat qo‘shadi va milliy xavfsizlikni yanada mustahkamlaydi”, - deb yozgan Joshi Twitter'dagi sahifasida.

Keltirilishicha, sinov oldidan Hindiston hukumati bildirishnoma chiqarib, Bengal ko‘rfazini parvozlar taqiqlangan hudud deb e’lon qilgan.

Eslatib o'tamiz, 9-dekabr kuni Arunachal-Pradesh shtatidagi chegarada armiya askarlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng Hindiston va Xitoy o‘rtasida yangi keskinlik yuzaga kelgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11400 | Инструменты