Huawei 1
Hindiston va Xitoy harbiylari so‘nggi 4 yil ichida birinchi marta chegara patrullarini o‘tkazdi

Hindiston va Xitoy harbiy xizmatchilari Sharqiy Ladaxda ikki davlatni ajratuvchi Haqiqiy nazorat chizig‘i bo‘ylab patrullik qilishni boshladi, deb xabar bermoqda Hindistonning NDTV telekanali. Harbiylar allaqachon Depsang va Demchokdagi chegara hududlariga tashrif buyurishgan. Ikki davlat chegaradagi keskinlik tufayli to‘rt yil avval patrul xizmatini to‘xtatgan edi.

2020-yil iyun oyida Hindiston va Xitoy o‘rtasida yarim asrdagi eng jiddiy mojaro yuz berdi. Bahsli Sharqiy Ladaxda (Hindiston Kashmiri) to‘qnashuv yuz berdi, unda har ikki tomondan 1 mingga yaqin chegarachi qatnashdi. Xitoy rasmiylari o‘lim holatlari haqida xabar bermadi. Hindiston harbiylari 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi, shuningdek, 43 xitoylik chegarachi halok bo‘lganini e’lon qildi.

Kecha, 31-oktabr kuni Hindiston va Xitoy Sharqiy Ladaxda qo‘shinlarni ajratish jarayonini yakunladi. Bu qadamdan oldin Xitoy raisi Si Szinpin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida Qozondagi BRIKS sammiti doirasidagi besh yil ichida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ular chegarada tinchlikni saqlashga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110117 | Инструменты