Huawei 1
Hindistonda sayyohlar avtobusi yonishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Hindiston g‘arbida sayyohlik avtobusi panjaraga urilib, ag‘darilib yonib ketdi.  Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, 25 kishi halok bo'lgan.

Baxtsiz hodisa Buldhana (Maharashtra) shahrida sodir bo‘lgan.  Avtobusda jami 33 kishi bo‘lgan. 

Baxtsiz hodisa shanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Omon qolgan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus shinasi chiqib ketganidan keyin haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, Hindistonda har yili avtohalokatlarda 110 mingdan ortiq odam halok bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50522 | Инструменты