Huawei 1
IBM kelajakda sun'iy intellekt bilan almashtirilishi mumkin bo'lgan xodimlarni ishga olishni to'xtatadi

IBM xalqaro korporatsiyasi rahbari Arvind Krishna kelajakda sun’iy intellekt bilan almashtirilishi mumkin bo’lgan xodimlarni ishga olishni to’xtatishini aytdi.

Uning so’zlariga ko’ra, besh yil ichida sun’iy intellekt kompaniyada ishlaydigan 7,8 mingga yaqin xodim o’rnini bosa oladi.

Umuman olganda, IBM’da vazifalariga mijozlar bilan muloqot qilish ko'zda tutilmagan 26 mingga yaqin odam ishlaydi – ishchilarning aksariyatini sun’iy intellekt bilan almashtirish mumkin, dedi Krishna.

Shu bilan birga, IBM bosh direktori yaqin kelajakda sun’iy intellektni ba’zi maxsus ko’nikmalar, masalan, ishchi kuchi va unumdorlikni baholovchi xodimlari bilan almashtirish qiyin bo’lishiga ishonchi komilligini aytdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, IBM’da 260 mingga yaqin odam ishlaydi. Yil boshida kompaniya xodimlarining 1,5 foizini - 5 mingga yaqin ishchilarini qisqartirishini ma’lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50916 | Инструменты