Ilon Mask Bitcoindan o’ziga “ovunchoq” yasab oldi
Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Tesla va o’nlab boshqa kompaniyalarning asoschisi Ilon Mask yana bir bor Bitcoin kriptovalyutasining kursiga ta’sir qildi. Uning navbatdagi Tvitterdagi izohidan so’ng Bitcoin qiymati o’zining ikki kunlik maksimumini qayd etdi. Kriptovalyuta qadri 9%ga ko’tarilib $40,000ga yetdi.
Fevral oyida kompaniya qiymati $1,5 milliardga teng bitcoinlarni sotib olgan edi. Ilon Mask esa o'z avtomobillarini raqamli valyutaga sotishini ma'lum qilgan. Keyinroq u kriptovalyutalarning yaratilishi iqlimga nojo’ya ta’sir qilishini aytib, Bitcoin qadrini “yer bilan yakson” qilgan edi. Yakshanba kuni esa u yana eski fikrini ma’qulladi, ya’ni, yaqin kelajakda Bitcoin yordamida avtomobillarni sotib olish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.
Joriy yilda raqamli valyuta o’zining tarixiy maksimumini qayd etdi. Bitcoin qadri $60,000gacha ko’tarildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90902 | Инструменты