Huawei 1
Indoneziyaning 73 yoshli sobiq generali prezidentlik lavozimiga kirishdi

Indoneziyada 73 yoshli sobiq general Prabovo Subianto mamlakatning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Subianto Indoneziyaning sakkizinchi prezidenti lavozimiga kirishdi. Bu esa dunyoda aholi soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turuvchi mamlakat rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlarni anglatadi. O‘n minglab tarafdorlar kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida Subiantoning lavozimga kirishini nishonlash uchun Jakarta ko‘chalarida saf tortgan.

Milliy qarashlari bilan tanilgan sobiq general parlamentda o‘tkazilgan marosimda qasamyod qabul qilgan. U mamlakat rahbari lavozimida 10 yil davomida faoliyat yuritgan Joko Vidodoning o‘rnini egallagan.

Biz Indoneziya hukumatiga boshchilik qilamiz... butun Indoneziya xalqining, jumladan, biz uchun ovoz bermaganlarning ham manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Shuni tushunishimiz kerakki, erkin mamlakat — bu xalqi erkin bo‘lgan mamlakatdir, dedi u inauguratsiyadagi nutqida.

Subianto fevral oyida o‘tkazilgan saylovlarda qariyb 60 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongandi. Vidodo tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sobiq mudofaa vaziri Subianto o‘zini “vorislikka nomzod” sifatida ko‘rsatib, o‘zidan oldingilarning siyosatini davom ettirishni va’da qilgandi. U Vidodoning infratuzilma rivojlantirishdagi merosini saqlab qolishini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты