ISHID Chempionlar Ligasi chorak final o‘yinlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilmoqda

ISHID Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarida teraktlar uyushtirish rejasini ma’lum qilgan.

Terrorchilik tashkiloti xabarida qurollangan odam va shu hafta Chempionlar Ligasi o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi stadionlar — “Emireyts”, “Park de Prens”, “Metropolitano” va “Santyago Bernabeu” nomlari yozilgan surat ilova qilingan. Shuningdek, suratda “Ularning barchasini o‘ldirish lozim” degan yozuv ham mavjud. 

Chempionlar Ligasi chorak finalida “Real” “Manchester Siti”ga qarshi, “PSJ” esa “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. “Arsenal” o‘zida “Bavariya”ni qabul qilsa, yana bir o‘yinda “Atletiko” “Borussiya”ga qarshi bahs olib boradi.

Marca xabariga ko‘ra, xavfsizlik idoralari allaqachon “Real”ni ISHID tahdidi haqida ogohlantirgan. Ayni damda uchrashuvni tashkillashtirish borasida hech narsa o‘zgarmagan — kuchaytirilgan xavfsizlik choralari allaqachon ko‘rilgan, Ispaniya ichki ishlar vazirligi ushbu o‘yinni “yuqori xavf” toifasiga kiritgan.

Ispaniya hukumati seshanba tongida yig‘ilish o‘tkazib, qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy etish borasida qaror qabul qildi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты