Huawei 1
Isroil HAMAS yetakchisining G'azodan chiqib ketishi evaziga yangi shartnoma taklif qildi

Isroil HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarga garovga olinganlarni ozod qilish va hudud nazoratidan voz kechish evaziga G‘azo sektoridan xavfsiz chiqishni taklif qildi.

Isroilning o‘g‘irlangan va bedarak yo‘qolgan shaxslar masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Gal Xirsh jurnalistlarga bu borada ma’lumot bergan.

“Men Sinvar, uning oilasi va unga qo‘shilishni xohlaydigan har qanday shaxsga xavfsiz chiqib ketish imkoniyatini taqdim etishga tayyorman. Biz garovga olinganlarni qaytarib olishni istaymiz. Biz demilitarizatsiya va radikal g‘oyalardan voz kechishni xohlaymiz”, degan Xirsh. 

U tegishli taklif bir necha kun oldin berilganini aytdi, biroq Falastin harakatining javobi qanday bo‘lganini ma’lum qilmadi.

“Bir vaqtning o‘zida men B, C va D rejalari ustida ishlayapman, chunki garovga olinganlarni uyga qaytarish kerak”, dedi u. 

May oyida yahudiy davlatining The Times of Israel gazetasi ikki isroillik amaldorga tayanib, Yahyo Sinvar G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunis shahri yaqinidagi tunnellarda bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi. Iyul oyi oxirida Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya o‘ldirilgandi. U Eron poytaxtidagi qarorgohiga Isroil tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты