Huawei 1
Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubiga bir qator havo zarbalarini berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi aholi punktlariga qator hujumlar uyushtirdi

Hududdan guvohlarning Anadolu muxbiriga bergan ma’lumotlariga ko’ra, Isroil qiruvchi samolyotlari Zibqin, Al-Shaaytiye, Klayla, Majdal Zon, Hanniye va Tayr Harfa aholi punktlarining turli nuqtalariga 17 marta zarba bergan.

Livan axborot agentligi maʼlumotlariga koʻra, hujum asosan Klayla qishlogʻidagi fermer xoʻjaliklari va binolarga katta moddiy zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Bint Jubayl qishlog‘i osmonida Isroil uchuvchisiz samolyotlarining parvozi qayd etilgan. Ayta ash-Shab va Ramiya aholi punktlari ham Isroil tomonidan ommaviy o‘qqa tutilgan.

Isroil armiyasining ijtimoiy tarmoqdagi tungi xabarida qiruvchi samolyotlar “Harbiy razvedka boshqarmasi buyrug‘i bilan Livan janubidagi Sur shahri hududidagi Hizbullohga tegishli qurol ishlab chiqarish zavodiga hujum qilgani" aytilgan. Bundan tashqari, Isroil havo kuchlari Nabatiya, Mansuri va Kefr Kella hududlaridagi tashkilotning qo‘mondonlik markazi va harbiy binolariga hujum qildi.

Livan-Isroil chegarasida Isroil armiyasi va Livan "Hizbulloh" harakati o'rtasidagi to'qnashuvlar 2023 yilning 8 oktyabridan beri davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91719 | Инструменты