Huawei 1
Isroil havo kuchlari G‘azo sektoridagi maktab va kamida to‘qqizta uyga zarba berdi

Isroil havo kuchlari G‘azo sektori shimolidagi "Jebaliya" qochqinlar lagerining g‘arbidagi Falluja hududida joylashgan "Hafsa" maktabiga hujum qildi.

Falastindagi WAFA axborot agentligining xabar berishicha, Isroilning G'azo shimolidagi ko'chirilgan aholi boshpana topgan maktabga havo hujumi uyushtirgani oqibatida ko'p sonli falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok bo'lgan. Bundan tashqari, juda ko'p odam jarohatlangan.

Shuningdek, Isroil kuchlari G'azo sektorining shimolidagi Bayt-Lahiye hududida yana kamida to'qqizta uyga zarba berdi. U yerda ham ko'plab qurbonlar va yaradorlar bor.

Shu bilan birga, Isroil armiyasi G‘azo sektorining shimoliy qismidagi telekommunikatsiya minoralariga hujum qilgani sababli eksklav shimoli va G‘azo shahri aloqani butunlay yo‘qotdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga