Isroil Suriya poytaxti Damashqqa raketa zarbalari yo‘lladi, besh kishi halok bo‘lgan

Isroilning Damashqqa uyushtirgan hujumi chog‘ida besh kishi, jumladan, harbiylar halok bo‘ldi, 15 nafar tinch aholi vakillari yaralandi

Suriya rasmiylari Isroil tomoni 19-fevralga o‘tar kechasi Damashq va poytaxt atrofidagi hududlarni o‘qqa tutganini xabar qildi. Xususan, Kafr-Souza shahri markazidagi binoga raketa kelib tushgan, natijada mahalliy aholi vakillaridan to‘rt kishi va bir harbiy halok bo‘lgan. Yana 15 kishi zarar ko'rgan.

Bundan tashqari, bir necha uy vayron bo‘lgan, Damashq va uning atrofidagi ba’zi hududlar zarar ko‘rgan.
Harbiy departament maʼlumotlariga koʻra, Suriya havo mudofaasi raketalarning aksariyat qismini urib tushirgan.

Kafr-Souza hududida suriyalik yuqori martabali mulozimlar va xavfsizlik xizmati xodimlari istiqomat qiladi. Isroil mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan hali hech qanaqa izoh bermadi.

Avvalroq, Suriya poytaxti politsiyasi Damashq janubidagi turar-joy hududi raketa hujumiga uchragani, kamida bitta turar-joy binosi zarar ko‘rgani haqida ma’lum qilgandi. Damashqdagi Al-Mujtahid kasalxonasi direktori Ahmad Abbosning Al-Vatan gazetasiga aytishicha, shifoxonaga 3 nafar halok bo‘lgan va ikki nafar yaradorning jasadi kelib tushgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты