Huawei 1
Isroil yana Suriya shahriga zarba berdi. 36 kishi halok bo‘ldi

Isroil Harbiy havo kuchlarining Suriyaning Xoms viloyatidagi Palmira shahridagi nishonlarga bergan zarbalari oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Suriya Respublikasining xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga tayanib, SANA xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 13:30 da Isroil Al-Tanf hududi yo‘nalishidan havo hujumi uyushtirgan va Palmira shahridagi bir necha binolarga zarba bergan. 

Oqibatda 36 kishi halok bo‘lgan va 50 dan ortiq odam yaralangan. Hujum binolar va uning atrofidagi hududlarga ham katta moddiy zarar yetkazgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112116 | Инструменты