Namoyishchilar Netanyaxu hukumatiga qarshi shiorlar aytib, ko‘chani transport harakati uchun to‘sib, gulxan yoqdilar
Ko‘plab isroilliklar bosh vazir Benyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan bo‘shatganiga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi.
Netanyaxuning Gallant lavozimidan chetlatilishi va uning o‘rniga tashqi ishlar vaziri İsrael Katsning tayinlanishi Isroil muxolifati tomonidan tanqid qilindi.
The Jerusalem Post gazetasining yozishicha, Netanyaxu qaroriga norozilik bildirish uchun poytaxt Tel-Avivning Ayalon ko‘chasida ko‘p sonli odam to‘plangan.
Namoyishchilar Netanyaxu hukumatiga qarshi shiorlar aytib, ko‘chani transport harakati uchun to‘sib, gulxan yoqdilar.
Isroil ommaviy axborot vositalari Tel-Aviv, shuningdek, Quddus va boshqa ba'zi shaharlardagi ko'cha namoyishlari tasvirlari bilan bo'lishdi.
Muxolifat Galantning ishdan bo'shatilishiga norozilik bildirish uchun ommaviy namoyishlarga chaqirdi.
Avvalroq, Netanyaxu va Galant o‘rtasida kelishmovchiliklar borligi ma’lum bo‘lgan edi. Netanyaxu 2023-yilda Galantni ishdan bo‘shatishga urinib ko‘rdi, biroq ko‘cha namoyishlari boshlanganidan keyin fikridan qaytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110613 | Инструменты