Isroilliklarning 66 foizi Netanyaxuning hokimyatdan ketishini istaydi - so'rovnoma

Isroilliklarning uchdan ikki qismi amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyaxu siyosatdan ketishini va qayta saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘ymasligini istaydi, deb xabar berdi TRTWorld 29-iyun kuni ijtimoiy so‘rov ma’lumotlariga tayanib.

So‘rovnoma Isroilning xususiy 12 kanali tomonidan o‘tkazildi va respondentlarning 66 foizi 74 yoshli Netanyaxu iste’foga chiqishini va yettinchi muddat bosh vazir bo‘lishga intilmasliklarini istashini aniqladi.

Respondentlarning 27 foizi uning hokimiyatda qolishi va yangi muddatga saylanishini yoqlaydi.

Maariv gazetasi o‘tkazgan yana bir so‘rov natijalariga ko‘ra, Milliy birlik partiyasi rahbari Benni Gants bosh vazirlik uchun kurashda Netanyaxudan oldinda.

Netanyaxuning muddatidan oldin saylovlar o'tkazishni istamaganini hisobga olsak, qamaldagi G'azo sektorida davom etayotgan shafqatsiz urush tufayli oktyabr oyidan beri xalqaro qoralashlarga duch kelgan Isroilda ovoz berishning istiqboli yo'q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70308 | Инструменты