Huawei 1
Istanbul markazida terakt uyushtirgan shaxs 7 marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Istanbul Oliy jinoyat sudi 2022-yil noyabr oyida Istiqlol xiyobonida terakt sodir etgan ayolga hukm chiqardi. Ahlam al-Bashir 7 marta umrbod va 1794 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda TRT Haber. Prokurorlar unga 1949 yildan 3009 yilgacha qamoq jazosini berishni so'ragan edi. 

2022-yilning 13-noyabr kuni Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida terakt sodir bo‘lgan edi. Unda 6 kishi halok bo‘lib, 99 kishi yaralangan edi. Turkiya hukumati teraktda “Xalq himoyasi bo‘linmasi” va Kurdiston ishchilar partiyasini aybladi.

2022-yil 20-noyabr kuni Turkiya qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi kurd kuchlariga qarshi havo operatsiyasini boshladi. Qilich-panja operatsiyasi sakkiz kun davom etdi. Turkiya armiyasi maʼlumotlariga koʻra, Iroq va Suriyada jami 364 nafar terrorchi yoʻq qilingan. Suriya kurdlari qurbonlar orasida tinch aholi vakillari ham borligini xabar qilishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga