Huawei 1
Italiyada deputat arvoh kiyimida Bosh vazir Jorjiya Meloniga norozilik bildirdi

14 may kuni Italiya parlamentida g‘alati voqea yuz berdi – deputat Rikardo Madji boshiga choyshab yopib, xuddi arvoh kiyimida zalga kirib keldi va Bosh vazir Jorjiya Melonini qo‘rqitishga urindi. Bu haqda “Iltirrento” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, hodisa Bosh vazir Meloni parlament a’zolarining savollariga javob berayotgan paytda sodir bo‘lgan. Chap qanot muxolifat partiyasi “+Yevropa” kotibi Madji boshi uzra choyshab yopib, o‘zini arvoh qilib ko‘rsatgan va tribuna tomon yo‘l olib, Meloniga nisbatan tanqidlar yog‘dira boshlagan.

U 8-9 iyun kunlariga belgilangan referendumga e’tibor qaratgan — bu referendum beshta masalani, jumladan, fuqarolik va mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq savollarni qamrab oladi. Madjining aytishicha, 2016 yilda muxolifatda bo‘lgan Meloni o‘shanda hukumatni referendum haqida sukut saqlagani uchun tanqid qilgan.

Madjining demarshi hozir ham xuddi shunga o‘xshash holat yuz berayotgani, ya’ni hozirgi hokimiyatdagi ko‘pchilik vakillar saylov uchastkalariga bormaslikni tavsiya qilayotganiga norozilik sifatida uyushtirilgan. 

Oqibatda Madji parlament zalidan chiqarib yuborilgan. U olib chiqilayotgan vaqtda Bosh vazir Meloni yuzida tabassum bilan voqeani tomosha qilib, “arvoh” deputatni telefonida videoga olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51522 | Инструменты