Huawei 1
Iyun oyining oxirida osmonda 5 ta sayyora bir chiziqqa chiziladi

Osmon kuzatuvchilari iyun oyining oxirida kuzatilishi mumkin bo'lgan o'ziga xos voqea haqida xabar bermoqda.

Bu holat 27-iyun sanasiga to'g'ri keladi. Sayyoralar namoyishi taxminan bir soatlar davom etishi aytilmoqda.

Unga ko'ra, 5 ta sayyora: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn sayyoralari osmonda bir chiziqqa tiziladi. Eng qizig'i bu holatni oddiy ya'ni hech qanaqa asboblarsiz ko'rish mumkin bo'ladi.

Ushbu samoviy shou quyosh chiqishi vaqtida ko'rinadi. Bu shimoliy yarim sharda sharqqa va janubga qaraladi; janubiy yarimsharda sharqqa va shimolga qaraladi degani.

Eslatib o'tamiz, bunday holat oxirgi marta 2004-yil dekabrida sodir bo'lgan. 18 yil o'tib siz bu xodisaning kuzatuvchisiga aylanishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50408 | Инструменты