AQSh prezidenti Jo Bayden 18-oktyabr, chorshanba kuni Isroilga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda davlat kotibi Entoni Blinken.
“Birinchidan, prezident AQSHning Isroil bilan birdamligini va uning xavfsizligiga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Ikkinchidan, prezident Bayden ushbu inqirozdan foydalanib Isroilga hujum qilmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoki nodavlat subyektlariga bunday qilmaslik haqida aniq xabarimizni yuboradi”, — dedi Blinken.
Tashrif davomida Baydenga Isroilning harbiy maqsadlari va strategiyasi haqida ma’lumot beriladi. Blinkenning qo‘shimcha qilishicha, AQSH prezidenti Isroil armiyasi harbiy amaliyot davomida “tinch aholi orasida qurbonlarni minimallashtirish va gumanitar yordamning HAMAS qo‘liga tushmasdan, G‘azo sektoridagi tinch aholiga yetib borishini” ta’minlash borasidagi rejalari bilan tanishmoqchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42319 | Инструменты