Jo Bayden jonli efirda COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasini qabul qildi
AQSHning saylangan prezidenti Jo Bayden dushanba kuni COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasini televizor orqali jonli efirda qabul qildi.
"Men vaksinani odamlarda unga nisbatan ishonch paydo bo'lishi uchun qabul qildim. Havotirga o'rin yo'q", dedi Bayden.
Shu bilan birga, saylangan prezident vaksinani keng omma uchun paydo bo'lishiga vaqt kerak ekanligini, hamda fuqarolar iloji boricha yaqinlashayotgan bayramlarda sayohat qilmasliklari kerakligini ta'kidladi.
Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinani qabul qilganidan so'ng Bayden tibbiyot xodimlarini "qahramonlar" deb maqtadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62113 | Инструменты