Huawei 1
JSST: Maymun chechagi bo‘yicha global favqulodda holat bekor qilindi

O‘tgan yil avgust oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi maymun chechagi (mpox) epidemiyasini Afrika mintaqasi bo‘ylab global favqulodda holat, deb eʼlon qilgan edi.

Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bu muddat oralig‘ida ushbu qo‘mita aʼzolari mavjud epidemiologik vaziyatni muntazam tahlil qilib bordi. Nihoyat kuni kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda mpox epidemiyasi bo‘yicha global favqulodda holatni bekor qilishga kelishildi.

JSST rahbari Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, bu qaror epidemiya o‘choqlari hisoblangan Kongo Demokratik Respublikasi, Burundi, Syerra-Leone, Uganda kabi davlatlarda kasallanish hamda o‘lim holatlari keskin kamaygani bilan bog‘liq.

Qolaversa, hozirga kelib, mutaxassislar virusning yuqish yo‘llari va xavf omillaridan yaxshi xabardor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yillarda maymun chechagi 100 dan ortiq mamlakatlarda aniqlangan. Jami 128 ming nafarga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan. Ulardan 283 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90916 | Инструменты