Huawei 1
Kaliforniya shimolida 7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

AQShning Kaliforniya shtati shimolida kuchli zilzila qayd etildi va hukumat sunami xavfidan ogohlantirish e’lon qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlarining episentri Fortuna shahridan 56 kilometr janubi-g‘arbda, 12 ming aholi istiqomat qiladigan hududda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 14 kilometr chuqurlikda.

Yerosti silkinishlari San-Fransiskoda ham sezilgan. Asosiy zilziladan keyin bir nechta kichik aftershoklar kuzatilgan. San-Fransisko va Oklend o‘rtasidagi suvosti tunneli orqali harakat to‘xtatilgani aytilmoqda.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlarga ko‘ra, magnitudasi 7 ballni tashkil etgan zilziladan keyin Kaliforniyada kamida 5,3 million kishi sunami xavfi ostida qolmoqda. Holat yuzasidan «sariq» darajali ogohlantirish e’lon qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты