Amerikaning sobiq yetakchilari – 42-prezident Bill Klinton, 43-prezident Jorj Bush va 44-prezident Barak Obama 20-yanvar kuni Donald Trampning inauguratsiya kechki ziyofatida qatnashmaydi. Bu haqda NBC telekompaniyasi ma’lum qildi.
Manbalarga ko‘ra, Obama va Klinton allaqachon kechki ovqatga taklifnoma olgan, biroq unda ishtirok etishni rejalashtirmagan. Sobiq birinchi xonim va sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga taklifnoma berildi, biroq u ham tadbirda qatnashishdan bosh tortdi. Kichik Bushning vakillari NBCga uning taklifnoma olganidan bexabar ekanliklarini aytishdi.
Biroq, kelasi dushanba kuni Trampning qasamyod qabul qilish marosimida barcha uch sobiq prezident ham ishtirok etadi, deya xabar beradi NBC. Odatda, yangi davlat rahbarining inauguratsiya nutqidan so‘ng vakolati tugagan prezident Vashingtonni tark etadi. Yangi prezident esa oʻzidan oldingi prezident bilan xayrlashgandan soʻng Kapitoliy saroyiga qaytadi, u yerda 1953-yilda Qoʻshma Shtatlarning 34-prezidenti Duayt Eyzenxauer tomonidan asos solingan anʼanaga inauguratsion kechki ovqat beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50608 | Инструменты