Huawei 1
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi

Kolumbiya hukumati bir yildan oshiq vaqtdan beri Nikaragua elchixonasida yashirinib kelayotgan Panama sobiq prezidenti Rikardo Martinelliga boshpana taqdim etdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

«Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Urrego Panama sobiq prezidenti Rikardo Alberto Martinelli Berrokalga siyosiy boshpana taqdim etdi va ushbu qaror tegishli tartibda qo‘shni mamlakat hukumatiga yetkazildi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu qaror insonni himoya qilish tamoyiliga va Kolumbiyaning siyosiy sabablarga ko‘ra taʼqibga uchragan shaxslarga yordam ko‘rsatish anʼanalariga asoslangan.

Rikardo Martinelli 2009-2014 yillar davomida Panama prezidenti bo‘lgan. U 2024 yil 7 fevraldan beri Nikaraguaning Panamadagi elchixonasida yashirinib kelayotgan edi. Bunga sud sobiq prezidentga nisbatan New Business deb nomlangan sxema doirasida Grupo Editorial Epasa media konglomeratini xarid qilish uchun davlat mablag‘larini noto‘g‘ri sarflaganlik aybi bilan yakuniy hukm chiqargani sabab bo‘lgan.

Martinelliga 128 oy qamoq jazosi tayinlangan, shuningdek, 19,2 million dollar miqdorida jarima to‘lashi belgilangan. Sud bundan tashqari, uning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ham taqiqlagan — Martinelli «Maqsadlar sari» partiyasidan davlat rahbarligiga nomzod edi. Saylovoldi poygasida uning o‘rnini Xose Raul Mulino egalladi va natijada g‘alaba qozonib, Panama prezidentiga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51210 | Инструменты