Huawei 1
Kongoda bortida qariyb 500 kishi bo‘lgan kema yonib ketdi

Kongo Demokratik Respublikasi shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan yong‘in va kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar bermoqda Associated Press. 500 ga yaqin odam bo‘lgan yog‘och motorli qayiq 16-aprel kuni cho‘kib ketgan.

Mahalliy rasmiylarning aytishicha, HB Kongolo Matankum portidan chiqib, Kongo daryosi bo‘ylab Bolomba shahri tomon suzib ketayotgan edi. Yo‘lovchilar uchun ovqat tayyorlanayotgan oshxonada yong‘in boshlangan. Keyinchalik kema cho'kib ketdi.

Associated Press xabariga ko‘ra, tirik qolganlarning ko‘pchiligi og‘ir kuyish jarohatlari olgan. Kongo DR hukumati Qizil Xoch bilan birgalikda bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты