Huawei 1
Kongoda maymunchechak sababli maymun go‘shtini iste’mol qilish taqiqlandi

Kongoda maymun go‘shtini iste’mol qilish keng tarqalgan maymunchechak epidemiyasi tufayli taqiqlandi.

Afrikada ushbu kasallikning 17 mingdan ortiq holatlari allaqachon qayd etilgan. Taxminan 15 mingta holatlar Afrikaning aholi eng zich joylashgan davlatlaridan biri bo‘lgan Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) qayd etilgan.

"Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Samuel Rojer Kamba aholini profilaktika choralariga rioya qilishga, qo‘llarini muntazam ravishda sovun bilan yuvishga, agar yo‘q bo‘lsa, kul bilan artishga chaqirgan", deyiladi xabarda.

Respublikada yovvoyi maymunlar bilan aloqa qilish va ularning go‘shtini iste’mol qilish taqiqlangan. Rasmiylar boshqa yovvoyi hayvonlar va kemiruvchilar ham infeksiya manbai bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun Kongo hukumati 10 million dollargacha mablag‘ ajratgan hamda 3,5 million doza vaksinaga ehtiyoj borligini e’lon qilgan.

Mazkur vaksinalarning qiymati 600 million dollarga baholangan. O‘tgan yil davomida Kongoda 500 ga yaqin odam Mpoxdan vafot etgan.

Moskvadagi Kongo diasporasi Rossiya hukumatiga insonparvarlik yordami so‘rab murojaat qilgan. Ular, shuningdek, millionlab odamlarning hayoti xavf ostida ekanligini ta’kidlab, zarar ko‘rgan hududlarni himoya qilish uchun vaksinalar bilan ta’minlashga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты