Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasidagi kelishuvning asosiy bandi mamlakatlardan biriga strategik xavf tug‘ilganda o‘zaro yordam ko‘rsatish majburiyati bo‘ladi, deb yozadi Politico.
Britaniya va Germaniya keng ko'lamli o'zaro mudofaa shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda. Hujjatda bir mamlakat uchun har qanday strategik tahdid boshqasiga ham tahdid solishi ko‘zda tutiladi, deb yozadi Yevropaning Politico nashri 2-iyul, chorshanba kuni mudofaa bo‘yicha kelishuv tayyorlanishi bilan tanish bo‘lgan besh kishiga tayanib.
Shartnoma iyul oyidayoq imzolanishi mumkin
Hujjat matni deyarli tayyor, dedi Londondagi ikki rasmiy jurnalistlarga. Har ikki davlat parlamentlari yozgi ta’tilga chiqquncha, 17-iyul kuni imzolanishi kutilmoqda.
Mudofaa paktining poydevori 2024-yilning yozida Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer va Germaniyaning o‘sha paytdagi kansleri Olaf Shols tomonidan tinchlik, xavfsizlik va iqtisodiy o‘sish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani imzolagan edi. Shartnoma qoidalari 18 raund muzokaralar davomida ishlab chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70319 | Инструменты