Huawei 1
Lukashenkoning raqibi “negadir” 14 yilga qamaldi

Belarus oliy sudi seshanba kuni 2020 yildagi prezidentlik poygasida ishtirok etgan sobiq nomzodni korruptsiya ayblovi bilan 14 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

Rossiya bankining sobiq ijrochi direktori Viktor Babariko o'tgan yilgi saylovlarda Belarus Respublikasining amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni tanqid qilishga urungan edi.

Ammo Babariko saylovga ikki oy qolganda hibsga olingan.

Uning hibsga olinishi minglab namoyishchilarning ko’chaga chiqishlariga sabab bo’lgan edi.

O'sha paytda u poygada asosiy raqib sifatida tan olingan.

Sudda esa u pora olganlikda ayblandi. Shuningdek, taxminan 57,000 AQSh dollarga teng jarimaga ham tortildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52208 | Инструменты