“Lukoyl”ning xorijiy aktivlari Gunvor Group energetika treyderiga sotiladi

Gunvor Group kompaniyasi “Lukoyl”ning xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi qo‘shma korxonasi — LUKOIL International GmbH‘ni sotib oladi.

“Lukoyl”ning rasmiy press-relizida kompaniya taklifni qabul qilgani va boshqa ehtimoliy xaridorlar bilan muzokaralar olib bormaslik majburiyatini olgani qayd etilgan.

Materialda taʼkidlanishicha, LUKOIL International GmbH‘ni sotish ayrim davlatlar tomonidan “Lukoyl” va uning qo‘shimcha jamiyatlariga nisbatan joriy etilgan cheklov choralari bilan bog‘liq. Bitimning moliyaviy parametrlari eʼlon qilinmagan.

Gunvor Group kompaniyasi 2000 yilda Torborn Tornkvist va Vladimir Putinga yaqin tadbirkor sifatida qayd etiladigan Gennadiy Timchenko tomonidan taʼsis etilgan. Kompaniya uzoq yillar davomida Rossiya neftini xorijga eksport qilib kelayotgan eng yirik treyderlardan biri hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103020 | Инструменты