Huawei 1
Luvrning yerosti xonasi “Mona Liza”ning yangi manzili bo‘lishi mumkin

Leonarda da Vinchining mashhur asarlaridan biri “Mona Liza” Fransiyaning Luvr muzeyida odatdagi joyidan ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda “News.ru”  xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muzey rahbariyati asarni muzey mehmonlarining noroziligiga binoan yerosti xonasiga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.

“Mona Liza”ni alohida xonaga ko‘chirish ommaviy noroziliklarga barham berishi mumkin, — deydi Luvr direktori Lorens de Kars.

So‘rovlarga ko‘ra, tashrif buyuruvchilar “Mona Liza”ni ko‘rish yo‘lida duch keladigan qiyinchiliklar tufayli norozilik bildirgan.

O‘n oltinchi asr italyan rassomlari ko‘rgazmasi kuratori Vinsent Delevin mehmonlar uchun asar pochta markasi kabi kichik ko‘rinishi mumkinligini, chunki u mehmonlardan ancha uzoqda joylashganini tasdiqlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga