Maduro Essekiboni Venesuelaga qo‘shib olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘shni Gayananing g‘arbiy qismi – Essekiboni mamlakat tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi, deb xabar bermoqda Ultimas Noticias. Gayana-Essekibo deb nomlangan mintaqa mamlakatning 24-shtatiga aylandi.

Umuman olganda, Venesuela prezidenti oltita hujjatni imzoladi. Birinchi farmon Essekibo mudofaasi bo'yicha milliy komissiyani, ikkinchisi - Gayana-Essekibo integratsiyalashgan mudofaa zonasini yaratishni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, Nikolas Maudro davlat neft-gaz kompaniyasi PDVSA - PDVSA Esequibo va Venesuelaning Gayana korporatsiyasi CVG - CVG Esequibo bo'linmalarini tuzish to'g'risidagi farmonni ham imzoladi.

Bundan tashqari, Maduro farmon bilan Venesuelaning yangi xaritasini, jumladan, Gayana-Essekibo hududini mamlakatga kiritdi. Kapitan Aleksis Rodriges Kabello 24-shtatning yagona rahbari etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘shni Gayananing g‘arbiy qismi – Essekiboni mamlakatning 24-shtati deb e’lon qilgan edi. Shuningdek, u Venesuela Milliy assambleyasini bahsli hududni himoya qilish bo‘yicha qonun qabul qilishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты