Huawei 1
Malayziya Isroilni BMTdan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 4-noyabr kuni rasmiy Kuala-Lumpur BMT Bosh Assambleyasi uchun rezolyutsiya loyihasini tayyorlaganini aytdi. Bu haqda “The Malaysian Reserve” xabar berdi.

Unda boshqa davlatlar qatorida Falastin bilan bog‘liq masalalarda qonunlar, qoidalar va qarorlar buzilgan taqdirda Isroilni tashkilot a’zoligidan chiqarish taklif qilingan. Anvar Ibrohim qonunchilarga rezolyutsiya loyihasi muzokaralar jarayonida ekanligi va tez orada ma’qullash uchun BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etilishi kutilayotganini aytgan.

“Kuchli choralar, jumladan, inson huquqlari buzilishi va genotsid jinoyatlari ortidan Isroilning BMTdan chiqarilishi imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kerak”, degan Bosh vazir.

Uning ta’kidlashicha, Malayziya Isroilning vahshiyliklarini to‘xtatish uchun kun tartibini tinglash va unga doimiy e’tibor berishni ta’minlaydi, shuningdek, qirg‘in kuchayib borayotgan bir paytda Falastin xalqiga muhim yordamlarning yetib borishiga imkon beradi.

Bosh vazirga ko‘ra, rezolyutsiya ma’qullanganidan keyin BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) ta’lim, sog‘liqni saqlash va gumanitar yordam kabi asosiy xizmatlarni ko‘rsatishni davom ettirishi uchun qonuniy asos bo‘lishi kutilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты