Huawei 1
Medvedev mavsumiy muhojirlar o'z oilasini Rossiyaga olib kelishini taqiqlashni taklif qildi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatga mavsumiy ish uchun kelgan muhojirlarga o‘z oilasini olib kelishni taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarning qolishini cheklash “migrant oilalari, anklavlar”ga tegishli bo‘lishi kerak.

“Biz, albatta, individual tendensiyalarni bartaraf eta olmaymiz, lekin nima qilish mumkin: agar biror kishi mavsumiy ish uchun kelsa, nega u oilasini o‘zi bilan sudrab yuradi?”, dedi u.

Bundan tashqari, siyosatchi Rossiyada bo‘lib turgan va rus tilini bilmaydigan mehnat muhojirlarining bolalariga ta’lim muassasalariga borishni taqiqlash kerakligini aytdi.

“Asta-sekin, qo‘pollik qilmasdan, lekin ularni til o‘rganishga majburlashimiz kerak. Bola maktabga kelganda, ba’zi sinflarda o‘quvchilarning to‘rtdan uch qismi, ayniqsa, birinchi sinf bolalari rus tilida gapira olmasligi mumkin emas”, dedi Medvedev.

Avvalroq Davlat dumasi rahbari Vyacheslav Volodin mehnat muhojirlari oilalarining Rossiyaga ko‘chib o‘tishini taqiqlash tarafdori bo‘lgandi. U “past malakali muhojirlar”ga oilasini olib kelish imkonini beruvchi muammoni hal qilishga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты