23 yanvar kuni Meksika AQSh harbiy samolyotiga mamlakat hududiga qo‘nishga ruxsat bermadi, deb xabar berdi NBC. Qayd etilishicha, Meksika rasmiylarining harakatlari AQSh ma’muriyatining noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish rejalarini vaqtinchalik barbod qilgan.
Televideniye manbalarining xabar berishicha, Gvatemalaga yo‘l olgan ikkita havo kuchlari C-17 samolyotida har biri AQShdan deportatsiya qilingan 80 ga yaqin odam bo‘lgan. Uchinchi reys esa Meksikaga rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalga oshmay qoldi. Meksika samolyotni qabul qilishdan nega bosh tortgani hozircha noma’lum.
Eslatib o'tamiz, 21-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat janubiy chegarasidagi inqiroz sababli umumiy favqulodda holat rejimini joriy qildi. 23-yanvar kuni u janubiy chegaradan noqonuniy muhojirlarning kirishini to‘xtatish va ularni deportatsiya qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ma'lumki, Trampning migratsiya siyosati doirasida AQSh janubiy chegarasida favqulodda holat rejimi joriy qilinib, noqonuniy muhojirlarning kirishi to‘xtatildi va ularning deportatsiyasi boshlandi. Ushbu choralar Gvatemalaga muhojirlarning yuborilishini o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, Meksika samolyotni qabul qilishdan bosh tortgani siyosatning xalqaro darajadagi murakkabligini namoyon etmoqda.
Maqola muallifi: D. Jummayeva
Alpha version: 0.9.1.19 build 31301 | Инструменты