Twitter egasi 51 yoshli Ilon Mask va Meta rahbari 39 yoshli Mark Sukerberg o'z ijtimoiy tarmoqlarida sport oktagonida o'zaro jang qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan. Ishbilarmonlarning niyatlari qanchalik jiddiy ekani aniq emas, deya qayd etadi CNN.
Yaqinda Mask Twitter'da Sukerberg bilan "qafasdagi jangga tayyor" ekanligini yozgan edi.
Meta rahbari esa Instagram sahifasida ushbu tvitga nisbatan “Menga koordinatalarni yuboring” deb javob berdi.
Aytib o'tish lozimki, Ilon Mask Sukerbergdan kattaroq, ammo, Meta rahbari jiu-jitsu bilan shug'ullanadi va may oyida jang san'ati turnirida oltin hamda kumush medallarni qo'lga kiritgan.

Bloomberg milliarderlar indeksida 22-iyun kuni Mask 232 milliard dollar boyligi bilan birinchi o'rinda, Sukerberg 103 milliard dollar mablag'i bilan 10-o'rinda ekanligini ma'lum qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123015 | Инструменты