Shuningdek, baxtsiz hodisa oqibatida 20 dan ortiq fuqaro halok bo'lgan
Misrning Nil daryosi hududida avtobus daryoga qulab ketdi. Davlatning Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko'ra, fojea oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgan.
Vazirlik rasmiylaridan biri halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham borligini qo‘shimcha qildi. Voqea joyiga politsiya, daryo qutqaruv kuchlari va Daqahliya viloyatidan tez yordam mashinalari jo‘natildi.
Yaralangan yo‘lovchilar mahalliy shifoxonaga evakuatsiya qilingan. Hodisa yuzasidan prokuratura tergov olib bormoqda. Ularning xabariga ko'ra, mikroavtobus haydovchisi boshqaruv paytida telefonda gaplashgan va chalg'ishi oqibatida ushbu hodisa ro'y bergan.
So'ng haydovchi hibsga olingan va dastlabki tekshiruvlar uning giyohvand moddalar ta'sirida bo'lganligini ham ko'rsatgan.
Davlat OAVlari Misrda oʻtgan yilgiga nisbatan yoʻl-transport hodisalari kamayganini ammo oʻlim holatlari 15,2 foizga oshganini xabar qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20407 | Инструменты