Huawei 1
Misrda prezidentlik saylovi boshlandi

Misrda prezidentlik saylovi boshlandi. Saylov mamlakat hududida uch kun – 12 dekabrga qadar davom etadi. Milliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berish natijalari 18 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Komissiya siyosiy tadbirda saylov huquqiga ega 67 millionga yaqin fuqaro ishtirok etishi mumkinligini aytgan. Ovoz berish jarayoni esa soat 9:00 dan boshlanishi qayd etilgan.

Bo‘lajak saylovlarni barcha darajadagi 15 ming nafar kuzatuvchi kuzatib borishi, uch kun davomida saylov komissiyalari va qo‘mitalarda ish yuritishi kutilmoqda.

Ularning asosiy vazifasi umumiy ovoz berishning uchinchi kuni, ya’ni 12 dekabr oqshomida boshlanadigan ovozlarni sanab chiqish jarayonini tekshirishdan iborat bo‘ladi.

Rasmiy ravishda Misrda joriy prezidentlik saylovi mamlakatdan tashqarida doimiy yoki vaqtincha yashovchi misrliklar uchun 1 dekabr kunidan boshlangan. 30-noyabr sanasida ham mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da Yangi Zelandiya hududida istiqomat qiluvchi Misr fuqarolari ovoz berish uchun o‘z elchixonalariga borgan.

Milliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 121 davlatida jami 137 ta saylov komissiyasi tuzilgan.

Saylovga amaldagi prezident as-Sisidan tashqari yana 3 ta partiya liderlari o‘z nomzodini qo‘ygan.

E’tiborlisi, Abdulfattoh as-Sisi ham prezidentlikka nomzod bo‘lish huquqini qo‘lga kiritgan. Ularning hech biri yoshlar va aholining boshqa keng qatlami orasida jiddiy qo‘llab-quvvatlovga ega emas.

Nomzodlardan biri – 66 yoshli so‘l muxolifatchi Farid Zahron Misr sotsial-demokratik partiyasini boshqaradi. Uning siyosiy platformasida yirik loyihalar va korxonalarda, jumladan, Suvaysh kanalida iqtisodiy aktivlarga davlat egaligini cheklashga ahamiyat beriladi.

71 yoshli Abdul-Sanad Yamama “Yangi Vafd” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan. Huquqshunos va xalqaro huquq professori mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish, jumladan, prezidentlik muddatini ikki to‘rt yillik muddat bilan cheklash tarafdori bo‘lib, erkin iqtisodiyotni barpo etishga yordam beradigan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchinchi nomzod, "Xalq" partiyasini boshqarayotgan 59 yoshli Hazem Umar sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini isloh qilish, qishloq xo‘jaligi, energetika va savdoni rivojlantirishni va’da qilmoqda.

Saylov kampaniyasi prezidentlikka nomzodlar uchun ramzlarni tasdiqladi: amaldagi prezident uchun yulduz, Zahron uchun quyosh, Yamama uchun palma va Umar uchun narvon.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72719 | Инструменты